Skip to main content

Posts

Odatlar oʻrganishni tezlashtiradi

  Ushbu maqola "Teach Like a Champion 3.0" kitobining birinchi bobidan tarjima hisoblanadi. Matn sunʼiy idrok yordamida tarjima qilingan, oʻta gʻaliz jumlalar tahrirlangan. Odatlar oʻrganishni tezlashtiradi Ishchi xotira kuchli bo‘lishi bilan birga cheklanganligini hisobga olgan holda ta’limda samaradorlikka erishish uchun har qanday topshiriqni minimal xotira yuklamasi bilan bajarish yo‘lini topish kerak . Bu sizda ortib qolgan aqliy quvvatni boshqa – muhimroq ishlarga yo‘naltirish imkonini beradi. Ravon o‘qish bu fikrning eng asosiy isbotlaridan biridir. O‘quvchilar matnni ravon o‘qiy olsalar, ularning ishchi xotirasi matnning mazmuni va mazmuniy tahliliga qaratiladi – bu esa tushunishni va tahlil qilishni oshiradi. Bu narsa odat hosil qilish  nega o‘rganishda muhim rol o‘ynashini tushuntiradi. Agar biz kundalik mashg‘ulotlarni shu darajada tanish va avtomatlashtirilgan qilib qo‘ysak, ularni qanday bajarish haqida o‘ylamasdan bajarish mumkin bo‘ladi. Bajarish yanad...

Mezonga asoslangan baholash tizimiga oʻtish: muammolar

Ushbu maqoladagi gaplar “Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi konferensiyadagi nutqim asosida tayyorlangan. Ushbu maqolada mezonga asoslangan baholash nima? O‘zbekistonda bunga qanday o‘tilmoqda? Bilish, qo‘llash, mulohaza darajalari nima? CHSB va BSB testlaridagi muammolar va ularni yechish uchun nima qilish kerakligi haqida so‘z boradi. Maqolada faqatgina ona tili va adabiyot sohasi haqida xulosalar berilgan. Qolgan fanlar bo‘yicha tahlillarni o‘sha fan mutaxassislariga qo‘yib berishni lozim topdim. Mezonga asoslangan baholash nima? Baholash – taʼlim oluvchilarda biror-bir domenning (koʻnikmaning) shakllanganlik darajasini oʻlchash jarayoni. Mezon – taqqoslash yoki baholash uchun oʻlchov, andoza. Mezonga asoslangan baholashda oʻquvchilarning natijalari avvaldan belgilangan mezon(andoza)larga solishtiriladi. Ushbu yondashuv taʼlim oluvchilar oʻquv dasturida koʻzlangan maqsadga qay darajada erishganlarini baholash uchun qoʻllanadi. Oʻzbekiston qanday oʻtmoqda? Oʻzbekis...

Bodroqchasiga o‘qitish...

Hamma maktabda bitta matnni butun sinf bo‘lishib o‘qigan paytlarini eslay olsa kerak. Bu usul boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llanadi. Aytish kerakki, bu aksar o‘qituvchilarning sevimli mashg‘ulotiga ham aylanib qolgan. Xo‘sh, matnni bo‘lishib (har bir o‘quvchi bittadan gapni o‘qishi) orqali o‘qitish qanchalik samarali? Ushbu maqolada shuni muhokama qilamiz.   Bodroqchasiga o‘qitish degani nima? Navbat bilan o‘qitish – g‘arb pedagogikasida “popcorn reading”, “Round-Robin reading” nomlari bilan mashhur ushbu usul o‘quvchilar bir matnni bo‘lishib, navbati bilan ovoz chiqarib o‘qishidir. Odatda, bu usuldan kattaroq matnlarga duch kelinganda foydalaniladi. Bu usul bizning vatanimiz maktablarida ham juda mashhur.   Nega bu usuldan foydalanamiz? Vaqtni tejash. Bizda bitta matn va qisqa vaqt bor. Shu qisqa vaqt ichida imkon qadar ko‘proq o‘quvchini qamrab olish kerak. Bunday vaziyatda matndagi har bir gapni bir bolaga o‘qitish vaqtni tejashga, hammaga o‘qish imkonini yaratishga yord...