Skip to main content

Posts

Bodroqchasiga o‘qitish...

Hamma maktabda bitta matnni butun sinf bo‘lishib o‘qigan paytlarini eslay olsa kerak. Bu usul boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llanadi. Aytish kerakki, bu aksar o‘qituvchilarning sevimli mashg‘ulotiga ham aylanib qolgan. Xo‘sh, matnni bo‘lishib (har bir o‘quvchi bittadan gapni o‘qishi) orqali o‘qitish qanchalik samarali? Ushbu maqolada shuni muhokama qilamiz.   Bodroqchasiga o‘qitish degani nima? Navbat bilan o‘qitish – g‘arb pedagogikasida “popcorn reading”, “Round-Robin reading” nomlari bilan mashhur ushbu usul o‘quvchilar bir matnni bo‘lishib, navbati bilan ovoz chiqarib o‘qishidir. Odatda, bu usuldan kattaroq matnlarga duch kelinganda foydalaniladi. Bu usul bizning vatanimiz maktablarida ham juda mashhur.   Nega bu usuldan foydalanamiz? Vaqtni tejash. Bizda bitta matn va qisqa vaqt bor. Shu qisqa vaqt ichida imkon qadar ko‘proq o‘quvchini qamrab olish kerak. Bunday vaziyatda matndagi har bir gapni bir bolaga o‘qitish vaqtni tejashga, hammaga o‘qish imkonini yaratishga yordam beradi